Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya ko‘magi bilan fuqaroga 8 mln 700 ming so‘m oylik ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga fuqaro I.Muratbaev o‘ziga, ya’ni shifokorlarga to‘lanadigan ustama pullari to‘liq to‘lanmayotganligidan noroziligini bildirib murojaat yo‘llagan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda 3416-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan "Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida"gi Nizomning 13-bandida, maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq yangidan ish boshlagan tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi to‘lovlariga maxsus oylik ustamalar qo‘shimcha tarzda belgilanishi nazarda tutilgan.
Nizomning 14-bandida, iqtidorli yosh shifokorlar uchun har oyda, birinchi yili uchun - 1 000 000 so‘m, ikkinchi yili uchun - 750 000 so‘m va uchinchi yili uchun - 500 000 so‘m maxsus oylik ustamalar to‘lab borilishi belgilangan.
Murojaatni o‘rganish davomida, fuqaro I.Muratbaevga ish faoliyatini boshlagan davridan ya’ni, 2024-yil 16-avgust sanasidan boshlab 2025-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida tashabbuskor yosh shifokorlarga beriladigan har oylik 1 mln so‘mlik ustama pullari berilmaganligi aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan "Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" davlat tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va ularga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklif kiritilishi natijasida fuqaro I.Muratbaevga 8 mln 700 ming so‘m miqdoridagi oylik ustama pullarining to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Inson huquqlarini himoya qilish sho’basi boshli‘i                  A.Moldaxmetov