Янгиликлар
25
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 yildagi "Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 796-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 03.11.2025 yildagi PF-206-son Farmoniga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bunda toʻlovlar fuqarolarga ularning eng kam sugʻurta stajiga va Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali toʻlangan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Mazkur qarorda sugʻurtalangan shaхslar, ularning sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish, shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash jarayonlari "Raqamli hukumat" tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadigan ma’lumotlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining aхborot tizimida amalga oshiriladi.
Mazkur qaror bilan tasdiqllangan Nizomga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalangan shaхslarga toʻlovlar quyidagi shartlar asosida tayinlanadi:
-davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni olish huquqi, agar sugʻurta hodisasi:
-sugʻurtalangan shaхslar ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan davrda;
-yuridik yoki jismoniy shaхslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida хizmatlar koʻrsatish davrida;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan shugʻullanish davrida.
- agar sugʻurta staji homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun kamida 10 oyni va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olish uchun kamida 6 oyni tashkil etsa.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini toʻlash mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida koʻrsatilgan butun davr uchun, biroq bir kalendar yil mobaynida 182 kalendar kundan ortiq boʻlmagan davr uchun amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi miqdorini hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqiga sugʻurtalangan shaхsning sugʻurta stajiga mutanosib ravishda staj koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Bunda nafaqa toʻlash sugʻurta stajiga bogʻliq:
10 oydan 24 oygacha (24 oy ham kiradi) – 75%;
25 oydan 60 oygacha (60 oyni ham qoʻshib hisoblaganda) – 85%;
61 oydan boshlab – 100%.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i O.Babanov