Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi tashkil etiladi


“Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha moʼljallangan ustuvor yoʼnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida muhim qadam boʻlgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatni uzoq muddatli va barqaror rivojlantirishga qaratilgan dasturdir. Ushbu strategiya Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va ekologiya yo‘nalishlarida aniq maqsadlar belgilangan.
Strategiya ijrosi aniq “yo‘l xaritalari” asosida amalga oshiriladi. Har bir vazirlik va idoraga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning bajarilishi muntazam monitoring qilinadi. Har yili Davlat dasturi qabul qilinib, unda ustuvor loyihalar va moliyalashtirish manbalari belgilanadi.Shuningdek, hududlar kesimida alohida rivojlanish rejalarini ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Strategiya ijrosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosiy o‘rin tutadi.
Farmonni qabul qilishdan koʼzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
“Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda samaradorlik koʼrsatkichlarini belgilash;
“Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlarini toʼliq raqamlashtirish.
Raqamli platformada “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik koʼrsatkichlariga erishilishi holati quyidagi toifalarga ajratiladi:
“yashil” – belgilangan samaradorlik koʼrsatkichiga oʼz vaqtida va toʼliq erishilgan;
“sariq” – belgilangan samaradorlik koʼrsatkichiga erishishda kechikishlar mavjud, biroq ularni bartaraf etish imkoni bor;
“qizil” – samaradorlik koʼrsatkichiga erishishda jiddiy kechikishlar mavjud yoki ularga umuman erishilmagan.
Bunda:
“yashil” toifaga kiritilgan samaradorlik koʼrsatkichlariga masʼul idoralar ragʼbatlantiriladi;
“sariq” toifaga kiritilgan samaradorlik koʼrsatkichlariga erishishda mavjud kechikishlar sabablari tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli idoraga zarur choralarni koʼrish boʼyicha koʼrsatmalar beriladi;
“qizil” toifaga kiritilgan samaradorlik koʼrsatkichlariga masʼul idoralar faoliyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tanqidiy koʼrib chiqiladi.
Xulosa qilib aytganda, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan kompleks va tizimli rivojlanish dasturidir

Amudaryo tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti                                                    A.Tojiboyev