Янгиликлар
23
Haribiy xizmat safariga ketganda oylik ish haqi saqlanib qolinadimi?
Savol: Tashqi o’rindosh xodim 1 oylik armiyaga ketsa, uning o’rtacha oylik ish haqi faqat asosiy ish joyida saqlanadimi yoki tashqi o’rindosh ish joyidami?
Javob: Xodim safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash davrida ya’ni sodda qilib aytganda 1 oylik xizmat davrida o’rtacha oylik ish haqi ham asosiy ish joyida, ham oʻrindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki oʻrindoshlik asosidagi) ish joyi boʻyicha saqlab qolinadi!
Mehnat Kodeksi 440-moddasiga ko’ra (Oʻrindoshlik asosida ishda kafolatli toʻlovlarni va kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari), ishni taʼlim olish bilan birga olib boruvchi shaxslarga kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari faqat asosiy ish joyida beriladi.
Mehnat shartnomasini alohida asoslarga koʻra bekor qilish chogʻida xodimlarning ishga joylashish davri uchun oʻrtacha ish haqi faqat asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda saqlanadi. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan oʻzga kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari toʻliq hajmda beriladi.
Mehnat Kodeksi 282-moddasiga ko’ra (Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli toʻlovlar), ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha oylik ish haqini saqlagan holda quyidagi hollarda ozod etishi shart:
. . . harbiy majburiyatlarni bajarayotganda.
Beruniy tuman adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti J.Xasanov