Янгиликлар
20
“Baliq qarma” Qoraqalpog‘iston hududiga xos bo‘lgan geografik ko‘rsatkichlar ro‘yxatidan o‘tkazildi
Mamlakatimizda milliy brendlarni shakllantirish va ularni dunyo miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda geografik ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma‘lum bir hududga mansubligini bildiruvchi va aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liq alohida sifat va obro‘ni kafolatlaydigan intellektual mulk obyektidir.
Bunday belgi mahsulotning aynan o‘sha joyda ishlab chiqarilgani yoki o‘sha joyning iqlimi, tabiati, urf-odatlari tufayli o‘ziga xos ta‘m, sifat yoki obro‘ga ega ekanligini bildiradi.
Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tegishli geografik ob‘ektda joylashgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, birlashmalar va tadbirkorlar tomonidan topshirilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respiblikasi adliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston hududiga xos bo‘lgan, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan mahsulotlar o‘rganilib, ro‘yxati shakllantirildi.
Jumladan, Orol dengizi va Amudaryo deltasiga yaqin hududlarda aholi asosan baliq iste‘mol qilishgan. Baliqchilik ushbu hududda oldindan ho‘jalik faoliyatining mustaqil turlaridan biridir. XIX asr sayyohlarning yozmalarida Xiva xonligining shimolida yashovchi qoraqalpoqlar juda ko‘p miqdorda baliq iste‘mol qilishlari ko‘rsatilgan. Qoraqalppoqlarning keng tarqalgan milliy taomlaridan biri baliq qarma ekanligi belgilab o‘tilgan.
Baliq qarma O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida deyarli uchramaydigan taomdir.
Orol dengizi va Amudaryo deltasi Qoraqalpog‘istonda joylashganligi va ushbu hudud aholisining asosiy ozuqalaridan biri baliq bo‘lganligi va baliqdan taomni shu usulda tayyorlash, yani ilgaridan pishirilgan baliq va un mahsulotni tayyorlash aynan shu hududda an’anaga aylanganligi sababli shu erda ko‘p uchratish mumkin.
Baliq qarma geografik ko‘rsatkich sifatida 10.10.2025-yilda GK 22-son bilan geografik ko‘rsatkichlar ro‘yxatdan o‘tkazildi
Rasul Dushanov
QR Adliya vazirligi sho‘ba boshlig‘i