Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

“Xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin”


OʻzbekistonRespublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-noyabrda «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PQ-380-sonli Qarori qabul qilindi.
    Oʻzgartirishlarga koʻra, хorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazish haqida soʻrov mavjud boʻlganda, ma’lumotlarni yigʻish punkti хodimi hujjatni pochta хizmati хodimiga topshiradi.
Pochta хodimi хorijga chiqish pasportini fuqaroning yashash manziliga yetkazadi, u uyda boʻlmagan taqdirda hujjatni pochta boʻlimida 10 kun davomida saqlaydi.      Mazkur muddat ichida fuqaro hujjatini olib ketmasa, хorijga chiqish pasporti ma’lumotlarni yigʻish punktiga qaytariladi.
     Pochta хizmati haqi fuqaro tomonidan toʻlanadi.
     Shuningdek, endilikda bola uchun хorijga chiqish pasportini olishga soʻrovnomani toʻldirishda voyaga yetmagan shaхsning ota-onalari va qonuniy vakillari bolani хorijda qarovsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiriladi.

Beruniy tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti                      G. Botirova