Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Muddati o`tgan tug`ilishni sayyor tartibda FHDY xodimlari tarafidan joylarga chiqib tantanali topshirish.


Davlat tomonidan onalik va bolalikning muhofaza qilinishi, bolalar huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining, ota-onaning kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qa`tiy nazar, himoyalanish kabi konstitutsiyaviy prinsipni ta`minlash har bir muassasaning ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
      Tug`ilganlikni qayd etish uchun tug`ilganlik haqidagi tibbiy ma`lumotnoma, ota –onalarining shaxsini tasdiqlovhci xujjatlar, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda b`olmagan oaning arizasi taqdim etiladi. Belgilangan muddatning o`tib ketishi, tug`ilganlikning qayd etilishiga to`sqinlik qila olmaydi.
       Tug`ilishni qayd etish uchun bir oylik muddat o`tkazib, bola 16 yoshga to`lgunga qadar murojaat etilgan hollarda tug`ilishni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda  amalga oshiriladi. Bolaning tug`ilishini qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud bo`lmahgan taqdirda, ya`ni tug`ilganlik faktini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo`lmaganda, xujjatlardan jiddiy tafovutlar mavjud bo`lmaganda va boshqa hollarda bolaning  u yoki bu onadan tug`ilganlik faktini qayd etish sduning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.
       O`n olti yoshgacha bo`lgan boalning tug`ilishini qayd etish uchun FHDYo organiga tug`ilishni qayd etish muddatini o`tkazib yuborganlik sabablari ko`rsatilgan ariza va quydagi xujjatlar  taqdim etiladi.
    Bolaning tug`ilganlik haqidagi tibbiy ma`lumotnoma
    Bolaning sog`ligi tog`risidagi ma`lumotnoma
    Bolaning ta`lim olayotganligi to`grisida ma`lumotnoma
Chet elda tug`ilgan, lekin tug`ilishi o`sha davlatlarda belgilangan tartibda qayd etilmagan bolaning tug`ilishini qayd etishda ham shu hujjatlar talab qilinadi.
       Ota-onaning istagiga ko`ra FHDYo organi bolaning tug`ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o`tkazishi mumkin.

Beruniy tumani adliya bo'limi
FHDY bo`limi mudirasi                                     D.Nuriyeva