Янгиликлар
19
Qarindoshlar o`rtasidagi nikoh va uning oqibatlar
Qarindoshlar o`rtasidagi nikoh – insoniyat tarixining deyarli barcha davru davlatlariga ma`lum, hozirda kurrai zaminning kamida 10 foiz aholisi hayotiga taalluqli bir fenomen.
Garchi Oila kodeksining 16-moddasida nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasidagi nikoh taqiqlangan bo`lsada, 2021- yilning ikkinchi yarmida O`zbekistonda 1210 nafar qarindosh bir-biri bilan oila qurgan. Ulardan 529 nafari xolavachcha , 307 juft tog`avachcha,178 nafari amakivachcha va 196 nafar er-xotin esa ammavachcha. Bu boradagi eng yuqori ko`rsatkich Qashqadaryo va Surxandaryoda qayd etilgan - birinchisida 371 ta, ikkinchisida esa 343 ta qarindoshlar nikohi ro`yxatga olindi.
Aslida qarindoshlar o`rtasidagi nikoh mavzusi dunyo uchun ham, tarix uchun ham yangilik emas. Sayyoramizning 1 mlrd aholisi qarindoshlararo turmushni ma`qul ko`ruvchi jamiyatlarda yashaydilar.
JSST ma`lumotlariga ko`ra, asosan rivojlangan mamlakatlarda qarindoshlar o`rtasidagi nokohlar soni kamaygan – bunga ma`lum ma`noda taqiqlar ham sabab bo`lgan. Xitoy, Tayvan, Koreya, Filippin kabi davlatlarda, shuningdek AQSH ning 24 ta shtatida yon shajara bo`yicha qarindoshlar o`rtasidagi nikohga qonuniy cheklov o`rnatilgan. Ayni vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu holat hali ham nisbatan ko`p uchraydi. Yaqin SHarq ning ayrim mamlakatlari, jumladan, Saudiya Arabistonda yaqin qarindoshlar nikohi 70 foizdan oshishi mumkin, Iroqda 33 foiz, qo`shni Afg`onistonda esa 30-40 foizni tashkil etadi. Bunday nikoh oqibatida bolalarning o`lik tug`ilishi yoki erta o`lim holatlari sezilarli darajada ko`paygani ortidan 2016-yili Tojikistonda ham yaqin qarindoshlar nikohi taqiqlangan.
Psixologlarning, aytishicha, nasl-nasab , xususan, qarindoshlar-urug`chilik va kata oilaning o`zbeklar uchun muhimligini ilgaridan mavjud bo`lgan patriarxal munosabatlar bilan izohlash mumkin. Shu bilan birga, nasl-nasab hqida gap ketganida faqat iqtisodiy va moliyaviy ahvol, kelib chiqishnigina emas, boshqa omillarni inobatga olishi kerak. Masalan, Toshkentda xo`jalar, beklar, saidlar o`z tabaqasidagi insonlar bilan quda bo`lishga intilgani uchun ham endogam (bir urug` doirasidagi) nikoh amal qilgan. Ammo hozir bu narsalar aynan oila qurishda yo`qolib ketgan, “bo`lsa-yaxshi, bo`lmasa-yomon” qabilida qaraladi
Beruniy tumani adliya bo'limi
FHDY bo`limi 2 darajali inspektori B.Kojagulov