Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekistonda yuqori texnologiyali va boshqa qator sohalar uchun yangi soliq imtiyozlari joriy etildi


Yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari joriy etilmoqda: bunday mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromad foyda solig‘idan ozod etiladi, uskunalar qiymati mol-mulk solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi. Imtiyozlar kreativ iqtisodiyot va boshqa sohalarga ham tatbiq etiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2025-yil 25-dekabr kuni yuqori texnologiyali tarmoqlar, transport, kreativ iqtisodiyot va sanoatning ayrim sohalari uchun soliq imtiyozlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi nolga tenglashtirilmoqda. Shu bilan birga, mazkur mahsulotni ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan uskunalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Imtiyozlarga tushadigan yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini prezident tasdiqlaydi. Imtiyozlar ishlab chiqarish majmuasi ekspluatatsiyaga kiritilganidan keyin uch yil davomida amal qiladi.
Shuningdek, xalqaro tashishlar doirasida transport-ekspeditorlik xizmatlari uchun aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha nol stavka joriy etiladi. Imtiyoz, xususan, yuklarni qabul qilish, yetkazib berish va saqlash, ularni sug‘urtalashni tashkil etish, bojxona rasmiylashtiruvi, yetkazilmagan yuklarni qidirish hamda ekspeditor omborlarida saqlash xizmatlariga tatbiq etiladi.
Qonun 18-dekabr kuni Senatda muhokama qilingan paytda senatorlar yuqori texnologiyali ishlab chiqarish qaysi mezonlar asosida aniqlanishini so‘radi. Iqtisodiyot va moliya vazirligida ma’lum qilishlaricha, qonun loyihasida elektrotexnika sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda solig‘idan ozod etishni nazarda tutuvchi norma belgilangan.
Ayni paytda O‘zbekiston qonunchiligida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning yagona universal ta’rifi mavjud emas. Amaliy yo‘riqnoma sifatida 2025-yil 22-yanvardagi prezident qarori [PQ-20] qo‘llaniladi, unda elektrotexnika tarmog‘ida qaysi faoliyat turlari yuqori texnologiyali deb hisoblanishi tushuntirilgan.
Hujjatga ilovada tegishli ishlab chiqarishlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga, xususan, identifikatsiya uchun mikroprotsessor modullarini ishlab chiqarish, telefonlar, planshetlar va ularning butlovchi qismlari, kompyuterlar, noutbuklar va ularga tegishli komponentlarni ishlab chiqarish, shuningdek, yana bir qator mahsulot turlari kiradi. Jami ro‘yxat 12 ta pozitsiyani o‘z ichiga oladi:
1.Identifikatsiya uchun mo‘ljallangan mikroprotsessor modullari. 2.Uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefon, planshet va ularning butlovchi qismlari. 3.Kompyuter, noutbuklar va ularning butlovchi qismlari hamda avtomatlashtirilgan depozit mashinalari. 4.Bosib chiqarish, skanerlash, nusxa ko‘chirish va uzatish qurilmalari. 5.Elektron axborot tashuvchi vositalar. 6.Elektronika yo‘nalishidagi mahsulotlar (yarimo‘tkazgich, mikrosxema, elektron chip, quyosh panellari uchun yacheyka va boshqalar). 7.Tibbiyot uskunalari (MRT, rentgen, portativ tashxis uskunasi va boshqalar). 8.Robot va robototexnika uskunalari, uchuvchisiz uchish qurilmalari. 9.Mis xomashyosidan qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar (misdan folga, egiluvchan plata, elektromobil zaryadlash uskunalari). 10.Texnologik asbob-uskunalar (uskunasozlik) va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari. 11.Uskunalar uchun qoliplar (press forma). 12.Elektromobillar, quyosh va shamol elektrostansiyalari uchun batareyalar va invertorlar kabilardan iborat.

Beruniy tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i                              M.Sheripboev