Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

7 yillik mehnat stajim bor, lekin hozirda hech qayerda ishlamayman, menga dekret puli chiqadimi?


7 yillik mehnat stajim bor, lekin hozirda hech qayerda ishlamayman, menga dekret puli chiqadimi?

Yo'q, Sizga dekret puli chiqmaydi! Agar ish beruvchi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda boʻlmasangiz ya’ni sodda qilib aytganda hech qayerda ishlamayotgan bo’lsangiz, garchi 7 yillik mehnat stajiga ega bo’lsangiz ham, sizga dekret puli to’lanmaydi!
Agar qayerdadir rasman ishlayotgan bo'lganingizda edi, bu holatda 7 yillik mehnat stajingizdan kelib chiqqan holda ya'ni 61 oydan ortiq mehnat yoki sugʻurta stajiga ega boʻlganingiz uchun dekret puli oʻrtacha oylik ish haqiga 100 foiz staj koeffitsiyenti qoʻllanilgan holda to’lanar edi!
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga 4-ilova “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida” Nizom 7-bandiga ko’ra sugʻurtalangan shaxslarga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:
a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni olish huquqi quyidagi davrlardan birida yuzaga kelganda, bundan ushbu bandning yettinchi xatboshisi mustasno:
sugʻurtalangan shaxslar ish beruvchi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan davrda, sinov muddati va ishdan boʻshatilgan kunni ham qoʻshgan holda, bundan ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan holatlar mustasno;
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmat koʻrsatayotgan (ishlarni bajarayotgan) davrda; qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan band boʻlgan davrda; b) homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun kamida oʻn oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun kamida olti oy sugʻurta staji mavjud boʻlsa.
Qonunga muvofiq sugʻurta badali eri (xotini) tomonidan toʻlangan ishlamaydigan fuqarolar va yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida daromadlar oladigan fuqarolar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab hisoblanadigan ushbu bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan sugʻurta staji asosida tayinlanadi. Bunda ushbu fuqarolar er-xotin yoki yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) boʻlmagan davrlarda sugʻurta badallari toʻlanganda, ushbu davrlar sugʻurta staji sifatida hisobga olinmaydi.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
1-darajali yuristi                                                                                                     M.Kamalova