Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Soliqlar va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish


Soliqlar va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 612-son qaroriga asos Yuridik va jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Platforma yoxud YIDXP orqali murojaat qiladi.
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari);
maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.
Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
toʻliq nomi;
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
STIRi;
Ariza beruvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun:
toʻliq nomi;
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
(JSH SHIR maʼlumotlari).
Soliq obyektining kadastr raqamlari;
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatini koʻrsatish muddati real vaqt rejimida

Xoʻjayli tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi bosh
mutaxassisi                                            A.Bauatdinov