Янгиликлар
12
Adliya ko‘magi bilan uch nafar xodimga to‘lanmagan mukofot puli undirib berildi
Adliya ko‘magi bilan uch nafar xodimga to‘lanmagan mukofot puli undirib berildi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-son maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari K.Kutlimuratova, M.Utegenova va A.Bazarbaevalarning “Bo‘zatov tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan bayram munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan mukofot puli to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib” yo‘llagan shikoyat arizasi bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida, 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilish natijasi bo‘yicha tasdiqlangan
25-sonli bayonnoma qaroriga asosan K.Kutlimuratova, M.Utegenova va A.Bazarbaevalarga 21-oktabr O‘zbek tiliga - davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bir oylik ish haqi miqdorida rag‘batlantirish belgilangan.
Ushbu yig‘ilish bayonnomasiga asosan, tashkilot direktorining 2025-yil 20-oktabr kuni murojaat egalarini bir oylik ish haqi miqdorida rag‘batlantirish to‘g‘risidagi 421-13-216-DMM/2025-son buyrug‘i qabul qilinib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdim etilgan.
Lekin, shikoyat arizani o‘rganish kuniga qadar xodimlarga mukofot puli to‘lab berilmayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan, tashkilot xodimlari K.Kutlimuratova, M.Utegenova va A.Bazarbaevalarning huquq va manfaatlarini ko‘zlab, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga kiritilgan taqdimnoma natijasida xodimlarga bayram mukofot puli to‘lab berilishi ta’minlandi.
Kazbek Paluaniyazov
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i