Янгиликлар
11
Adliya ko‘magi bilan xodimning foydasiga 73 mln 306 ming 832 so‘m ustama puli undirib berilishi bo‘yicha sud qarori qabul qilindi
Adliya ko‘magi bilan xodimning foydasiga 73 mln 306 ming 832 so‘m ustama puli undirib berilishi bo‘yicha sud qarori qabul qilindi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi AKT metodisti T.Muxtarovning “Bo‘zatov tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan lavozim ish haqisiga qo‘shimcha ravishda to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama puli berilmayotganligidan norozi bo‘lib” tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-sonli Farmoni talablariga asosan, 2024-yilning iyul-dekabr, 2025-yilning yanvar-sentabr oylariga jami 63 122 069 so‘m, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-76-son Farmoni talablariga muvofiq 2024-yilning noyabr-dekabr, 2025-yilning yanvar-sentabr oylariga jami 9 184 763 so‘m, bunda 2024-2025 yillarda yuqorida qayd etilgan oylarda jami 73 306 832 so‘m miqdoridagi ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan, fuqaro T.Muxtarovning huquq va manfaatlarini ko‘zlab, uning foydasiga ustama pulini undirib berish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, da’vo ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.
Kazbek Paluaniyazov
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i