Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya ko‘magi bilan xodimlarga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi ta’minlandi


Adliya ko‘magi bilan xodimlarga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi ta’minlandi

    Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Mo‘ynoq” MFY binosida yuridik va jismoniy shaxslarni sayyor tartibda qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ishlovchi Dilbar Ubbiniyazova, Dilnaza Jusupbekova, Lazzet Aymanova va Nilufar Allanovalarning uch yoshga to‘lmagan farzandlari borligi lekin ish beruvchi tomonidan ularga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanmaganligi bo‘yicha murojaat qildi.
    Bo‘lim tomonidan ushbu fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqilganida haqiqatdanam uch yoshga to‘lmagan farzandlari borligi ma’lum bo‘ldi.
    Vaholankiб O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 397-moddasida uch yoshga toʻlmagan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanishi belgilab qo‘yilgan.
    Ushbu kodeksning 25-moddasiga ko‘ra ish beruvchi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishga majbur hisoblanadi.
    Yuqoridagilarga asos tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib ushbu xodimlarga haftasiga oʻttiz besh soatlik ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanishiga erishildi.

Ruslan Annarazov
Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i