Янгиликлар
20
Adliya aralashuvi bilan tadbirkorlik subyekti huquqlari tiklandi
Adliya aralashuvi bilan tadbirkorlik subyekti huquqlari tiklandi
Amudaryo tumani Adliya bo‘limi tomonidan murojaatchi “Amudaryotex” MChJning undirishda qiynalayotgan qarzlarni undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatdan ham “AMUDARYOTEX” MChJ rahbari Sh.Tog‘ayev shikoyat bilan murojaat qilib, shikoyatida Amudaryo tuman Irrigatsiya bo‘limi bilan 2022-yil 03- iyun kuni №76-sonli mahsulot yetkazib berish shartnomasi o‘rtasida yetkazib berish shartnomasi tuzilganligi va shartnomaga asosan Amudaryo tuman Irrigatsiya bo‘limi “Amudaryotex” MChJga 171 million so‘m to‘lab berilishi lozimligi, lekin to‘lanishi lozim bo‘lgan vaqt o‘tib ketganligiga qaramasdan shartnoma shartlarini bajarmay kelayotganligi aniqlandi.
Murojaat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston "Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi” to‘g‘risidagi” 1998-yil 29- avgustdagi 670-I-son Qonuniga asosan Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi va tadbirkorlik subyekti huquqlari tiklandi, javobgar tashkilotdan 197 million so‘m “Amudaryotex” MChJ manfaatiga undirib berildi.
Amudaryo tumani
Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi S.Hayitboyev