Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya aralashuvi bilan asossiz shtat birligi qisqartirilayotgan xodimning huquqi himoya qilindi


Adliya aralashuvi bilan asossiz shtat birligi qisqartirilayotgan xodimning huquqi himoya qilindi

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, tuman kamabag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklshish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Mamutovaning “Bo‘zatov tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklishish bo‘limi tomonidan shtat birligi qisqartirilayotganligidan norozi bo‘lib” yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
    Murojaatni o‘rganish jarayonida, haqiqatdan ham tuman akambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Mamutovaning ishlab kelayotgan bo‘lim bosh mutaxassisi lavozim shtat birligini qisqartirish bo‘yicha unga ikki oylik muddat bilan yozma ravishda ogohlantirish xati berilganligi aniqlandi.
    Tuman adliya bo‘limi tomonidan xodimning shtat birligi qisqartirilishiga asos bo‘lgan hujjatlar o‘rganilib chiqilib, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan D.Mamutovaning shtat birligini qisqartirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 167-moddasi 1 va 2-qismi talablari rioya etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.  
    Tuman adliya bo‘limi tomonidan, ftuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro D.Mamutovaning shtat birligi qisqartirilishi oldi olinib, fuqaroning huquqi ehimoya qilindi.          

    Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i                 Kazbek Paluaniyazov