Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisoboti


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisoboti

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarga nisbatan 2025-yil davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmaganligi maʻlum qilinadi.

Minimallashtirish choralari.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelingan.
Jumladan, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlariga sirli mijoz va reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Shuningdek, tizimda ishlab kelayotgan barcha xodimlardan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etmasligi, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmani xabardor qilishi yuzasidan tilxatlar olingan.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy risk mavjud deb baholangan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar oʻtib kelinmoqda.

J.Bekimbetov
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat
bo‘yicha bosh maslahatchi