Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xodimga 84 million 252 ming 251 so‘m miqdoridagi ta’til pullari undirib berildi


Xodimga 84 million 252 ming 251 so‘m miqdoridagi ta’til pullari undirib berildi

To‘rtko‘l tuman Madaniyat bo‘limida ishlagan fuqaro Аllabergenov Izzat Аlimbaevich uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini biroq, ish beruvchi tomonidan uning 1991-2010, 2011, 2012, 2014, 2015, 2019 va 2025 yillarda foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib,tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida,haqiqatdan ham fuqaro Аllabergenov Izzat Аlimbaevichga 1991-2010, 2011,2012, 2014, 2015, 2019 va 2025-yillarda ishlgan davrida foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha mehnat taьtillari uchun ta’til pullari to‘lab berilmagan holat aniqlandi.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 172-moddasi to‘rtinchi xatboshisida, xodimning mehnat shartnomasi bekor etilganida xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.
Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan ish beruvchi nomiga taqdimnoma kiritilib,fuqaro Аllabergenov Izzat Аlimbaevichga foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha mehnat ta'tillari uchun to‘lanmagan jami 84 million 252 ming 251 so‘m ( sakkson to‘rt million ikkiyuz ellik ikki ming ikkiyuz ellik bir) pullari undirib berilishi ta’minlandi.

Аvazmetov Bekpulat,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
2-darajali adliya maslahatchisi.