Янгиликлар
08
Mahallalarda jinoyatchilikka qarshi samarali ishlash boʼyicha yangi tizimi joriy etildi
Mahallalarda jinoyatchilikka qarshi samarali ishlash boʼyicha yangi tizimi joriy etildi
Аytish joyizki, Respublika hududida har bir tuman va shaharlarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikkka qarshi samarali kurashish va jinoyatlarning barvaqt oldini olishda boshqaruv organlari rahbarlarining maьsuliyatini yanada oshirishga qaratilgan Prezidentning 2026- yil 5 yanvar kuni “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʼnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–1-sonli oʼta muhim qarori qabul qilindi.
Qarorga koʼra, endilikda har bir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʼyicha samarali tizimni yoʼlga qoʼyishga qaratilgan manzilli ishlar tashkil etilishi belgilandi.
Qaror bilan, 2026 -yilda hududlar kesimida masʼul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:
Jumladan:
-kriminogen vaziyati ogʼir mahallalarda – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning oʼrinbosarlariga;
Shuningdek, 5 yildan buyon “qizil” toifada boʼlayotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning oʼrinbosarlariga;
-3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining taʼlim va ilmiy tashkilotlariga;
Bundan tashqari, kriminogen vaziyati eng ogʼir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi oʼrinbosarlariga;
Shuningdek, ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʼygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmogʼi eng yuqori boʼlgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sogʼliqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.
Xulosa oʼrnida aytganda,mazkur qaror tom ma’noda, kelgusida respublikamizdagihar bir mahallalarda yuzaga kelgan ogʼir kriminogenlik vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi tizimli ishlash va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qilishi ,shubhasiz.
Аvazmetov Bekpulat,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
2-darajali adliya maslahatchisi.