Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bir murojaat izidan


Taxiatosh tumanidagi  umum o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi fuqora I.G. murojaat qilib, ingliz tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgani , shuningdek  xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi haqida keltirdi, lekin  mazkur sertifikat yuzasidan 50% ustama haqi muddatidan 2 yarim oy oldin   buxgalteriya tomonidan 2025-yil 12 avgustda to’lov  to‘xtatilgan, maktab va buxgalteriyai tomonidan ustama to‘lov berilmagan va xodim  norozi boʻlib, amaliy yoʻrdam berishni soʻrab” tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.
Murojaat tegishli tartibda oʻrganildi, “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g’risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3515 nizomning 3-bobida quyidagicha izoh keltirilgan:
4) *umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim deyilgan.
** umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 25-moddasiga ko‘ra xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan ish haqini ushbu Kodeksga, jamoa shartnomasiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga, mehnat shartnomalariga muvofiq belgilangan muddatlarda to‘liq hajmda to‘lashi ish beruvchining majburiyatlaridan biri etib ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga asosan, adliya boʻlimi tomonidan berilgan taqdimnomaga asos, shu masala yuzasidan yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga, “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3515 nizomga asos qayta koʻrib chiqilib, fuqora I.G ning murojaati ijobiy hal etilib, fuqoraga tegishligicha ustama pullari to‘lab berilishiga erishildi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi  
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markaz boshlig‘i                                                                              O.Babanov