Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Work and travel dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratish


Work and travel dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-may kungi qarori bilan “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan bo’lib, ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun foizsiz ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi. Qarorga ko’ra Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan har yili 2000 nafargacha talaba yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi. Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Talaba yoshlar ajratilgan ssudani ishlash va sayohat qilish huquqini tasdiqlovchi vizada qayd etilgan xorijiy davlatda boʻlishning soʻnggi sanasidan boshlab bir oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga toʻliq qaytarish majburiyatini oladi.
    Ssuda har yili arizalar topshirish ketma-ketligi boʻyicha mazkur Reglament talablariga toʻliq mos kelgan 2000 nafargacha talaba yoshlarga ajratiladi.
Bir kalendar yil davomida 2000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish maʼqullangandan soʻng ssuda ajratish uchun ariza qabul qilish toʻxtatiladi. Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi boʻyicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun roʻyxatga qoʻyilmaydi hamda ssuda olish uchun kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi. Ssuda ajratish maʼqullangan murojaatlar hamda ajratilgan ssudalar soni haqidagi maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi. Ariza beruvchi ssuda olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi va ommaviy oferta shartlarini qabul qiladi.
    Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
“Work and travel” dasturi mavjud boʻlgan xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (pdf formatda);
ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmagan hollarda, ushbu mablagʻlarni qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning YIDXP orqali olingan soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot va qarz shartnomasi boʻyicha kafil boʻlishga rozilik arizasi (pdf formatda) — agar mavjud boʻlsa;
viza (pdf formatda).
Agar kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlari taqdim etilmagan boʻlsa, ariza beruvchi ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etishi haqida YIDXP orqali maʼlumot kiritadi. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarning kelib tushish ketma-ketligi boʻyicha uch ish kuni ichida ariza beruvchining maʼlumotlari va taqdim etgan hujjatlari ushbu Reglamentning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiqligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha YIDXPga maʼlumot kiritadi. Ariza beruvchiga QR-kodli maʼlumotnoma yuborilgandan soʻng vakolatli organ uch ish kuni ichida ssudani tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi hisobvaragʻiga, Yoshlar ishlari boshqarmasi esa uch ish kuni ichida qarz shartnomasida rekvizitlari koʻrsatilgan ariza beruvchining bank kartasiga oʻtkazadi. Ariza beruvchi xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga berilgan vizada qayd etilgan xorijiy davlatda boʻlishning soʻnggi sanasidan boshlab bir oy ichida, agar ariza beruvchi ajratilgan ssuda hisobidan xorijiy davlatga bormagan boʻlsa, unga vakolatli organ tomonidan ssudani qaytarish haqida talabnoma yuborilgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida ajratilgan ssudani qarz shartnomasida koʻrsatilgan vakolatli organning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga toʻliq qaytarishi shart.

Ellikqal’a tumani Adliya boʻlimi
davlat xizmatlari markazi
boʻlim boshligʻi                            A.J.Jabbarov