Янгиликлар
22
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-sonli farmoni mazmun-mohiyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-sonli farmoni mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati (davlat xizmati) tizimini tubdan isloh qilish, uni modernizatsiyalash va xizmatchilar korpusini professional hamda natijadorlikka yoʻnaltirilgan tarzda shakllantirishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Mazkur farmon bilan birga 2030-gacha davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish strategiyasi, tanlov tartibi, kadrlarni tayyorlash va malaka oshirish tartibi, davlat organlari ro‘yxati va boshqa ko‘plab normativ hujjatlar ham tasdiqlanishi bilan birga 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan davlat fuqarolik xizmati sohasini isloh qilish dasturini belgilaydi. Ushbu Farmon davlat organlarida kadrlar bilan ishlashning zamonaviy usul va mexanizmlari joriy etiladi — ya’ni kadrlar boshqaruvi tizimi yangilanadi. “Vakant lavozimlarni egallash uchun tanlov” tartibi belgilanadi; bu orqali davlat xizmati lavozimlariga nomzodlar tanlanishda odil va shaffof mexanizm joriy qilinadi. Farmon mamlakat rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va yangi avlod rahbarlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.Bu — boshqaruv organlarida raqobatbardosh rahbarlar formatini yaratishga qaratilgan. Davlat xizmatchilari ishga qabul qilinganidan boshlab butun faoliyati davomida bilim va kasbiy kompetensiyalarini oshirib borish tizimi joriy qilinadi. Malaka darajalarini berish, qayta tayyorlash va kompetensiyalarni muntazam baholash mexanizmlari belgilanadi. U gender tenglik va ijtimoiy inklyuziya, imtiyozli guruhlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, davlat xizmatiga xotin-qizlarni keng jalb qilish, ularning sohaga bo‘lgan qiziqishi va ishonchini oshirishga urgʻu beradi. Shuningdek, unda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvotalar orqali davlat xizmati lavozimlariga chiqish imkoniyatlari kengaytirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, farmonda “Natijadorlik” va “hisobdorlik” tamoyili asosida xizmatga yondashuv asosida davlat organlari faoliyati strategik rejalashtirish, KPI (asosiy ko‘rsatkichlar) yordamida baholanishi tartibi joriy qilinishi belgilangan Unga ko’ra, xodimlar va rahbarlar mehnat shartnomasi, natijaga asoslangan baholash, kasbiy malaka va progress monitoringi orqali rag‘batlantiriladi. Farmon bilan birga davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarning ro‘yxati, lavozimlar reyestri, tanlov tartibi Nizomi, kadrlar zaxirasini shakllantirish va malaka darajalarini belgilash tartibi kabi hujjatlar tasdiqlandi. Shu bilan birga, oldingi normativ hujjatlar (ba’zilari) o‘z kuchini yo‘qotadi yoki moslashtiriladi. PF-95 farmoni asosida davlat xizmati tizimida davlat organlarida kadrlar bilan ishlash tizimi zamonaviy, shaffof va ob’yektiv mezonlarga asoslangan bo‘lishi, bu korrupsiyani kamaytirish, kadrlar tanlashda adolatni ta’minlashga yordam berishi, rahbar va xodimlar lavozimga tanlov orqali kirishadi hamda malaka, natija va mehnat darajasiga qarab baholanadi — bu davlat organlarida professionalizm va mas’uliyatni oshirishi, davlat xizmati kasbiga nisbatan jamiyatning ishonchi ortadi — chunki xizmat samaradorligi, shaffoflik, shaxsiy javobgarlik ta’minlanishi, xotin-qizlar, nogironligi bor shaxslar va imtiyozli guruhlar uchun davlat xizmatida imkoniyatlar kengayadi — ijtimoiy inklyuziya kuchayishi, xodimlarning kasbiy rivojlanishi, malaka oshirish imkoniyatlari kengayadi, bu esa davlat boshqaruvi sifatini, idoraviy samaradorlikni oshishi kabi bir qaor ijobiy natijalarga erishish kutilmoqda.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti S.Nurmaxashev