Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solinmoqda


Suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solinmoqda

Joriy yilining 30-iyunida “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi O‘RQ-1076-sonli Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilindi.
Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksga ko‘ra,  suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Ushbu Kodeks bilan suvdan foydalanish sohasidagi quyidagi asosiy tushunchalar, ya’ni, gidrotexnika inshootlari, yer osti suvlari, yer usti suvlari, ichimlik suvi taʼminoti, kanallar, kollektor-drenaj suvlari, kollektor-drenaj tarmogʻi, mineral suvlar, oqova suvlar, sanitariya muhofazasi zonasi, sohil boʻyi mintaqasi, suv yetkazib beruvchi tashkilot, suvlarning zararli taʼsiri, suvni muhofaza qilish zonasi, suv obyekti, suv olish kvotasi, suv olish limiti, suv obyektlarini muhofaza qilish, suv rejimi, suv resurslari, suv servituti, sugʻorish tarmogʻi, suv fondi, suv fondi yerlari, suvdan foydalanuvchi, suvdan foydalanish, suv xoʻjaligi, suv xoʻjaligi obyekti, suv xoʻjaligi xizmati, suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkiloti, tashlama suvlar, transchegaraviy suvlar, transchegaraviy suv obyektlari, transchegaraviy taʼsir kabi tushunchalarga tariff berilgan.
Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;
O‘zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o‘tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.
Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.
Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach joriy yilning 31-oktabr kuni kuchga kiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi bosh maslahatchisi                    J.Bekimbetov