Янгиликлар
18
Oila
Oila
Oila jamiyatning asosiy va tabiiy bo‘g‘ini sifatida har doim alohida e’tibor talab qiladigan ijtimoiy institutdir. Har qanday davlatda oila nafaqat demografik rivojlanish, balki ma’naviy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu sababli oila institutining huquqiy maqomi eng oliy darajada — Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ham oilani jamiyatning muhim ustuni sifatida e’tirof etadi va uning mustahkamlanishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslarni yaratadi.Oila esa jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, uning ma’naviy va ijtimoiy tayanchi hisoblanadi. Shu sababli ko‘plab davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham Konstitutsiyada oila institutiga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oila institutining huquqiy asosini belgilab beradi. Asosiy Qonunimizda oila jamiyatning tabiiy va eng muhim bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, uning daxlsizligi kafolatlanadi. Konstitutsiyamizning tegishli moddalari orqali, oila davlat himoyasida ekanligi, nikoh faqat erkak va ayolning ixtiyoriy roziligi asosida tuzilishi, voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati, ayollar va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasi kafolatlab berilgan.
Xususan, Konistitutsiyamizning XIV bobi Oila, bolalar va yoshlar uchun alohida belgilangan.
Bu normalar oilani nafaqat ijtimoiy, balki konstitutsiyaviy institut sifatida mustahkamlaydi.
Oila nafaqat shaxsning birlamchi tarbiya maskani, balki millatning ma’naviy, axloqiy rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omildir. Oilada shakllangan qadriyatlar, tarbiya, shaxsiy xulq-atvor jamiyatning umumiy madaniy ko‘rinishini belgilaydi. Shu bois davlat:
Sog‘lom oila yaratish, Oilaviy nizolarni oldini olish, Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, Yoshlarning oila qurishga tayyorgarligini oshirish, kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi.
Konstitutsiyaviy asoslar bu yo‘nalishlarning samarali amalga oshirilishiga imkon beradi.
Konstitutsiyada davlatning oilani qo‘llab-quvvatlash majburiyati belgilangan bo‘lsa, oila ham jamiyat oldida mas’uliyatga ega.
Xususan, farzandlarni tarbiyalash, ularning ta’lim olishini ta’minlash, jamiyatga foydali shaxs bo‘lib yetishishiga yordam berish ota-onaning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi.
Shuningdek, oila jamiyatning barqarorligi, demografik rivojlanish, ma’naviy kadriyatlarning davomiyligi uchun ham javobgar.
Yurtimizda oxirgi yillarda oila institutini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Jumladan: “Oila kodeksi”ning takomillashtirilishi, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonunlar, oila va xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatining kuchaytirilishi, yoshlar oila hayotiga tayyorgarligini oshirish dasturlari, bu islohotlarning barchasi Konstitutsiyaga tayanadi va undagi normalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan.
Konstitutsiya va oila instituti o‘zaro chambarchas bog‘liq. Oila jamiyatning poydevori bo‘lsa, Konstitutsiya uning huquqiy kafolati va himoyachisidir.
Asosiy Qonunda oilaning mustahkamligi, farzandlar huquqlari, ota-onalar mas’uliyati kabi masalalarning aniq belgilanishi jamiyatda barqarorlik, totuvlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday ekan, Konstitutsiyaga hurmat — oilaga hurmat, oila mustahkamligi esa davlat barqarorligining asosidir.
Qoraqalog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Qonunchilik sho‘basi bosh maslahatchisi T.Maxamatdinov