Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Biznes taymeri 15 daqiqa: Har daqiqa-yangi imkoniyat


Biznes taymeri 15 daqiqa: Har daqiqa-yangi imkoniyat

Prezidentimizning 14.11.2025-yildagi "Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-214-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni tubdan takomillashtiriladi.
Yangilangan tartibga ko‘ra, tadbirkorlar biznesni boshlash uchun zarur bo‘lgan bir qator davlat xizmatlarini bir joyda va 15 daqiqa ichida olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tizim doirasida, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida endilikda, elektron raqamli imzo, bank hisobvarag‘i ochish, litsenziya va ruxsatnomalar uchun ariza, ijara shartnomasi, QQS guvohnomasi va onlayn nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni «Yagona milliy mehnat tizimi»da hisobga qo‘yish kabi xizmatlar kompleks ravishda taqdim etiladi. Barcha to‘lovlar yagona QR-kod orqali amalga oshiriladi.
Mazkur farmon bilan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomi bilan faoliyat yuritish huquqi berilmoqda.
Eng asosiysi, tadbirkorning ma’lumotlari o‘zgarganda esa barcha litsenziya va ruxsatnoma hujjatlaridagi ma’lumotlar idoralararo elektron almashinuv orqali avtomatik va bepul yangilanadi.
Shuningdek, 2026 yil 1 martdan boshlab yuridik shaxslarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilganda, mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bekor qilinmoqda.
Ta’kidlash joizki, mazkur tizimning joriy etilishi natijasida tadbirkor ilgari bir necha kun yoki hafta davom etgan barcha boshlang‘ich jarayonlarni atigi 15 daqiqada ortda qoldirib, o‘z biznesini byurokratik to‘siqlarsiz, eng muhimi faoliyatini kechiktirmasdan boshlash imkoniga ega bo‘ladi.

Taxiatosh tumani Adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i
A.Orazimbetov