Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Adliya ko‘magi bilan fuqaroning ishga tiklanishi ta’minlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga Xo‘jayli tumanida istiqomad qiluvchi fuqaro N.Rejepovaning bola parvarishi ta’tili davrida Xo‘jayli tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limidagi ish joyidan qonunga xilof ravishda bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati kelib tushdi.
    O‘rganish davomida, 2022-yilda fuqaro N.Rejepova o‘z arizasi va Xo‘jayli tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining buyrug‘i asosida ikki yoshgacha bo‘lgan bolani parvarishlash ta’tiliga chiqqanligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yildagi buyrug‘i bilan bola parvarishlash ta‘tili 2025-yilning 4-iyul kuniga qadar qo‘shimcha pulsiz ta’til asosida berilganligi aniqlangan.
    Biroq, 2025-yilning 4-iyul sanasidan 2025-yilning 2-oktyabr kunigacha fuqaro o‘z ish joyida ishlay olmasdan majburiy progul vaqtlari yuzaga kelgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining bergan ma’lumotida Xo‘jayli tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining fuqaro N.Rejepova egallab turgan “hududiy yer tuzish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi" lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyruqlari asosida qisqartirilganligini bildirgan.
    O‘rganish natijasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga fuqaro N.Rejepova manfaatida 2025-yilning 4-iyul kunidan 2025-yil 2-oktyabr kuniga qadar majburiy progul vaqti uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritildi va sudning qaroriga muvofiq da’vo arizasi qanoatlantirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i                               A.Moldaxmetov