Янгиликлар
07
Fuqaroga 27 mln dan ortiq ustama pullari undirib berildi
Qorao‘zak tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha metodisti E.Kalenbaevning ustama pullari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Qorao‘zak tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, fuqaro E.Kalenbaevga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida jami 27 862 804 so‘m ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, ustama pullarini undirish yuzasidan sudga davo arizasi kiritildi va sud tomonidan to‘liq qonaatlantirilishiga erishildi.
Qorao‘zak tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi Sharyar Erlepesov