Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Hokim o‘rinbosarining buzilgan huquqi tiklandi


Bo‘zatov tumani hokimining o‘rinbosari U.Saparov “tuman hokimligi tomonidan 2024-2025 yillarda ishlagan kuni hisobidan navbatdagi yillik mehnat ta’tili berilmayotganligidan norozi bo‘lib” tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro U.Saparov 2024-yil 9-aprel kunidan Bo‘zatov tumani hokim o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Shikoyat arizani o‘rganish davomida U.Saparov “2025-yil 18-avgust kunidan navbatdagi yillik mehnat ta’tilini berishni so‘rab” tuman hokimi nomiga 2025-yil 12-avgust kuni ariza bilan murojaat yo‘llaganligi, lekin arizaga asosan yillik mehnat ta’tilini berish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi.
O‘rganish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 213, 221, 224, 227 va 228-moddalari talablari bo‘zilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, U.Saparovning manfaatini ko‘zlab tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimi nomiga kiritilgan taqdimnoma asosida U.Saparovga yililk mehnat ta’tili berilishi ta’minlandi.


Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i                 Kazbek Paluaniyazov