Янгиликлар
30
Xodimning kam to‘lab berilgan ish haqilari undirib berildi
Xodimning kam to‘lab berilgan ish haqilari undirib berildi
Taxiatosh tuman adliya bo‘limiga fuqaro M.Izbastiyeva “2025-yil fevral oyidan avgust oyigacha ish haqi kam berilayotgani va ko‘p yillik ish staji, kategoriya to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati bo‘lim oʻrganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi.
Oʻrganish natijasida aniqlanishicha, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan berilgan sertifikatga asosan xodim ikkinchi malaka toifasiga ega ekanligi bois unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga muvofiq barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi, feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim II toifaga ega boʻlsa, unga 3 razryad belgilanishi hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning” tarif setkasiga muvofiq 3 razryadga ega xodimga 1,931 tarif koeffitsiyenti belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-sonli Farmoni 1-bandiga muvofiq 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga oshirilishi nazarda tutilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro M.Izbastiyevaning fevral-iyul oylarida uchun jami 3 198 598 soʻm ish haqi kam toʻlanganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, Taxiatosh tuman adliya bo‘limi fuqaro M.Izbastiyevaning manfatida Taxiatosh tumani Tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi va natiyjada fuqaroga 3 198 598 soʻm ish haqisi undirib berildi berildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Inson huquqlarini himoya qilish va
huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi B.Kalbaev