Янгиликлар
29
Voyaga yetmaganlarning huquqlari
Voyaga yetmaganlarning huquqlari
Voyaga yetmaganlar — bu 18 yoshga to‘lmagan shaxslar bo‘lib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish har bir jamiyatning muhim vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunida bolalarning huquqlari aniq belgilab qo‘yilgan.
Har bir bola quyidagi asosiy huquqlarga ega:
Hayot va rivojlanish huquqi – har bir bola sog‘lom hayot kechirish, o‘qish, o‘sish va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish huquqiga ega.
Ta’lim olish huquqi – davlat bolalarga bepul umumiy o‘rta ta’lim olish imkonini beradi.
Tibbiy yordam olish huquqi – voyaga yetmaganlar bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Oila muhabbati va g‘amxo‘rligi huquqi – har bir bola mehribon oila bag‘rida yashash va ota-ona parvarishidan bahramand bo‘lishi kerak.
Fikr bildirish huquqi – bola o‘z fikrini erkin aytish, uni eshitish va hurmat qilish huquqiga ega.
Shuningdek, davlat voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, mehnatga majbur qilish va boshqa suiste’mollardan himoya qiladi.
Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish — bu nafaqat davlat, balki har bir ota-ona, o‘qituvchi va jamiyat a’zolarining burchidir. Chunki bugungi bolalar — ertangi kunning bunyodkorlaridir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
sho‘basi yetakchi maslahatchi D.Qaypbergenov