Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?


Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.

Ruxsatnoma olish talab etilmaydigan oʻzgartirishlar quyidagilar:

avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish:

old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish.

orqa yon oynalar boʻyicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorini;

orqa va old yon oynalar boʻyicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorini tashkil etadi;
Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi.

Ellikqalʻa tumani adliya boʻlimi
davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi                               O.Erimbetov