Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Fuqaroning imtiyozli pensiyaga chiqishiga erishildi


Fuqaroning imtiyozli pensiyaga chiqishiga erishildi

Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limiga fuqaro Tanirbergenov Aliyar Kamısbaevichning, 2002-yil 02-oktyabrdan bugungi kunga qadar “Uzbekgeofizika” AJ “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialida ishlab kelayotgani kasbi imtiyozli pensiyaga chiquvchilar ro‘yxatiga kiritilganligi, ammo ishlagan ish joyi ish o‘rinlarini attestatsiya ko‘rigidan o‘tkazmaganligi, bunda o‘zining aybi yo‘qligini bildirib, imtiyozli ravishda pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘ragan murojaati bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
    Fuqaro dastlab imtiyozli ravishda pensiyaga chiqishni so‘rab Mo‘ynoq tuman BTPJ bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan va u tomonidan taqdim qilingan hujjatlar tuman BTPJ bo‘limi tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilmastan, arizasi rad qilingan. Bu haqda Mo‘ynoq tuman BTPJ bo‘limining 2025-yil 19-maydagi 5-son javob xat taqdim qilingan. Javob xatda Tanirbergenov Aliyar Kamısbaevichning ish staji 28 yil 20 kuni tashkil etgani, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi Qonuning 9-moddasi 1-qismi 4-bandida umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlar, kasblar egalari ushbu qonuning 12-moddasi b-bandining 1-qismida erkaklar ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yil 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qilgan.
    Bo‘lim tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudiga Tanirbergenov Aliyar Kamısbaevichning o‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilab berishni so‘rab ariza kiritilib fuqaroning o‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik fakti belgilanib imtiyozli pensiyaga chiqishiga erishildi.

Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Annarazov Ruslan Yuldashevich