Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ish beruvchilarga yengillik va kadrlar tayyorlashda yangi yondashuv: PF–126-sonli Farmon mohiyati


Ish beruvchilarga yengillik va kadrlar tayyorlashda yangi yondashuv: PF–126-sonli Farmon mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF–126-sonli Farmoni mamlakat mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi – xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarning samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish, shuningdek, ish beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni ta’minlashdan iborat.
Farmonning eng muhim jihatlaridan biri, bu tadbirkorlik subyektlari – ish beruvchilar zimmasidagi ba’zi majburiyat va javobgarliklarni bekor qilishdir.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab ish beruvchilar uchun quyidagi talablar bekor qilindi:
Bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik. Bu, ish beruvchilarga kadrlarni tanlashda ko‘proq erkinlik beradi va o‘z talablariga mos xodimni yollash imkoniyatini kengaytiradi.
Bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish. Ushbu chora tadbirkorlarning byurokratik yukini sezilarli darajada kamaytiradi va ularning asosiy faoliyatga e’tiborini kuchaytiradi.
Bu o‘zgarishlar ish beruvchilarning rag‘batlantirilishini va ularning faoliyatiga aralashuvning qisqarishini anglatadi.
Farmon, shuningdek, kasbga tayyorlash va malaka oshirish tizimini bozor talablariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratgan.
Kasbga o‘qitishda xususiy sektor ishtiroki: Farmon asosiy yo‘nalish sifatida kasbga o‘qitish bilan bir qatorda malaka oshirish tizimini, shu jumladan, xususiy sektor ishtirokida joriy qilishni belgilaydi. Bu, ta’lim sifatini oshirish va ish beruvchi talab qiladigan ko‘nikmalarni berishga xizmat qiladi.
"Kasb vaucheri" tizimining takomillashuvi: 2025-yil 1-noyabrdan boshlab ta’lim muassasalari fuqarolarni "kasb vaucheri" tizimi orqali o‘qitishi uchun vazirlikning elektron reestridan o‘tishi talab etiladi. Bunda o‘quv jarayoni CRM tizimi va o‘quvchilarning davomati FACE-ID tizimi orqali nazorat qilinadi. Bu, ta’lim jarayonining shaffofligi va sifatini ta’minlashga qaratilgan.
Farmon ishsizlik nafaqasi to‘lash tartibi va ish o‘rinlarini zaxira qilish qoidalariga ham o‘zgartirishlar kiritadi:
Ishsizlik nafaqasi: 2025-yil 1-noyabrdan boshlab ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Shuningdek, nafaqani takroran belgilashda qo‘shimcha kamida 12 oylik ish staji talab etiladi. Bu, fuqarolarni rasmiy mehnat faoliyatiga rag‘batlantiradi.
Ish o‘rinlarini zaxira qilish: Ya’ni, majburiy zaxira qilish xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmasligi va xodimlari soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilandi.
Farmon mehnat nazorati va inspeksiyasi sohasini ham raqamlashtirishni nazarda tutadi:
Mehnat inspeksiyasi tekshiruvlari: 2025-yil 1-sentyabrdan mehnat inspeksiyasi oldindan ogohlantirmasdan tekshiruvlar o‘tkazishi mumkin bo‘ladi, bu norasmiy bandlikka qarshi kurashni kuchaytiradi.
YAMMT orqali xabardor qilish: 2025-yil dekabrdan boshlab ish beruvchi tekshiruv tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan uning YAMMT (Yagona milliy mehnat tizimi)dagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, PF–126-sonli Farmon O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini liberallashtirish, ish beruvchilarning faoliyatiga aralashuvni kamaytirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini bozor talablariga moslashtirishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega hujjatdir. Ushbu o‘zgarishlar mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratishga turtki berishi kutilmoqda.

To‘rtko‘l tuman Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                     Nasiba Abduraxmanova