Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Dizenfektorlarga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berildi


Dizenfektorlarga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 12-iyundagi 209-um- son buyrug‘iga asosan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasida, To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan To‘rtko‘l tuman Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Natijasida, tuman Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limda 0,25 stavkada dizenfektor lavozimida ishlagan va mehnat shartnomalari bekor etilgan quyidagi xodimlar Ayna Pixamberqulieva, Shavaddin Xidirbaev, Iqbolay Qutlimuratova hamda Muhayyo Mo‘minovalar bilan Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan hisob-kitob qilinmaganlik holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan, tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan 4 nafar bo‘limning dizenfektorlariga jami 1 508 581 (bir million beshyuz sakkiz ming beshyuz sakkson bir ming )so‘mlik ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘lab berilishi taьminlandi.
Bekpulat Аvazmetov,

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
2-darajali adliya maslahatchisi                                    B.Аvazmetov