Янгиликлар
30
Bir murojaat izidan
Bir murojaat izidan
Qorao‘zak tumani adliya bo‘limiga tumandagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Gulbahor Do‘sbergenova oliy toifali o‘qituvchisi, xalqaro SAT sertifikatiga ega ekanligini bildirib, maktab jamoasi ishchi guruhining soat taqsimlashda haftasiga 14.5 soat berganligidan noroziligini bildirgan.
Murojaatni o‘rganish davrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash va tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi 3271-sonli nizomning 15-bandiga asosan o‘rganib chiqilib, haftalik soat 17.5 soatga to‘ldirilib, murojaat to‘liq qanoatlantirildi.
Qorao‘zak tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i D.Amaniyazov