Янгиликлар
30
“Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish haqida
“Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 21 avgustda “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-140-son farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga ko‘ra Oʻzbekistonda 2025-yil yakuniga qadar tajriba tariqasida «Raqamli sud» konsepsiyasi joriy etilmoqda.
Farmoni bilan «fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek sud ishlarini koʻrishni soddalashtirish maqsadida» tajriba tariqasida «Raqamli sud» konsepsiyasi joriy etilmoqda.
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini ko‘rishni soddalashtirish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:
- sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;
- murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;
- ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi;
- taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi;
- sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va to‘lanadi, shuningdek, ijro varaqalari avtomatik ravishda ijroga yuboriladi;
- sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘liq elektron tarzda yuritiladi;
- sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanadi;
- sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.
2025-yil yakuniga qadar, tajriba tariqasida Toshkent shahrida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy nizolarni ko‘rishga mo‘ljallangan sud majlisi zallari tashkil etilishi belgilangan.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i A.Babanov