Янгиликлар
15
Parvarishga muhtoj shaxsga g‘amxo‘rlik qilayapsizmi?
Parvarishga muhtoj shaxsga g‘amxo‘rlik qilayapsizmi?
Agar siz I guruh nogironi, 18 yoshgacha nogiron bolasi yoki 80 yoshdan oshgan qariyaga g‘amxo‘rlik qilayotgan bo‘lsangiz, bu muhim xizmataynan siz uchun!
Bu xizmat sizga nima beradi?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qaroriga asossan Xizmat natijasida taqdim etilgan dalolatnoma yoshga doir pensiya hisoblanayotgan vaqtda parvarishlash davri qonuniy mehnat staji sifatida hisoblanishi uchun asos bo‘ladi. Dalolatnomani olish uchun my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda ariza topshirasiz. Murojaatingiz Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu xizmat uchun sizdan hech qanday to‘lov olinmaydi. Arizangiz 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Dalolatnoma 12 oyga beriladi.
Nukus shahar adiliya bo‘limi
Davlat xızmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi S.Xojaniyazov