Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibidan xabardormisiz


Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibidan xabardormisiz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-avgustdagi 537-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyrug‘ini qabul qilish;
davlat ishtirokidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqa xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish, davlat ishtirokidagi korxonalar yagona ta’sischi bo‘lgan korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlarini begonalashtirish masalalarini majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi bilan kelishish.
Ushbu Nizom davlat ulushining xususiylashtirilishi natijasida uning miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bunda ariza beruvchi elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (uning hududiy boshqarmalariga) quyidagi hujjatlarni (pdf shaklida) ilova qilgan holda ariza bilan murojaat etadi:
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish) bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va/yoki miqdorining o‘zgarishi haqidagi davlat ishtirokidagi korxonalarning vakolatli boshqaruv organlarining tegishli qarori;
muassis tomonidan tasdiqlangan Nizom yoki davlat ishtirokidagi korxonaning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan ustav. Bunda nizom yoki ustav normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlangan yoki tasdiqlanishi belgilangan bo‘lsa, nizom yoki ustavni ilova qilish talab etilmaydi.
Vakolatli organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ Tizimiga vakolatli organning tegishli buyrug‘ini elektron axborot almashinuvi orqali olgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazadi, buyruq mavjud bo‘lmagan taqdirda, Tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etadi.


Nukus shahar adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
yetakchi mutaxassisi S.Mnajov