Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra sud yarashish muhlati tayinlamaydi


Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra sud yarashish muhlati tayinlamaydi

2025-yil 9-aprel kuni qabul qilingan O‘RQ-1053-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga muvofiq, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda, agar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs tomonidan talab bildirilsa, sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlanmaydi.
Shuningdek, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga binoan, turar-joydan foydalanish bo‘yicha nizolarni hal etishda sud, taraflarning kelishuvi asosida, turar-joy mulkdorining tashabbusi bilan turar-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan shaxsni mulkdorga tegishli, mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga joylashtirish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun to‘lanadigan ijara haqini mulkdor zimmasiga yuklatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori S.Sultanov