Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Chet elga chiqish biometrik pasporti endi pochta orqali yuborilishi mumkun


Chet elga chiqish biometrik pasporti endi pochta orqali yuborilishi mumkun


Prezident tomonidan 04.11.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PQ 380-son Qaror imzolandi.
Oʻzgartirishlarga koʻra, хorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazish haqida soʻrov mavjud boʻlganda, ma’lumotlarni yigʻish punkti хodimi hujjatni pochta хizmati хodimiga topshiradi.
Pochta хodimi хorijga chiqish pasportini Toshkent shahri va viloyatlar markazida 1 ish kunida, qolgan hududlarda 2 ish kunida so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga yetkazadi, u uyda boʻlmagan taqdirda hujjatni pochta boʻlimida 10 kun davomida saqlaydi. Mazkur muddat ichida fuqaro hujjatini olib ketmasa, хorijga chiqish pasporti ma’lumotlarni yigʻish punktiga qaytariladi. Pochta хizmati haqi fuqaro tomonidan toʻlanadi.

Nukus shahar adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
katta mutaxassisi   Temirxanova Mehrixan