Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Poezdlarda bepul yurish huquqi kimlarga beriladi


Poezdlarda bepul yurish huquqi kimlarga beriladi

Poezdlarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Shon-shuhrat ordeni uchta darajasi sohiblari, yarador harbiy xizmatchilar, I va II guruh urush nogironligi bo'lgan shaxslar hamda ularga tenglashtirilganlar hamda Chernobil АESdagi avariyani bartaraf etuvchilar orasida nogironligi bo'lganlarga beriladi. Shuningdek, III guruh urush nogironlari va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar yiliga bir marta poezd chiptasini 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
Imtiyozli chipta olish uchun kassada “Urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxs guvohnomasi”, “Urush qatnashchisi guvohnomasi” yoki “Imtiyozga huquq to'g'risida guvohnoma” hujjatlaridan biri taqdim эtilishi shart. “Faxriy temiryo'lchi” nishoni bilan taqdirlangan xodimlar esa yil mobaynida MDH mamlakatlari bo'ylab bepul yurish huquqiga egadir.
Temir yo'llarda chipta to'liq qiymatidan 50% chegirma bilan yiliga bir marta yurish huquqiga ega shaxslarga ikki yillik talon o'rniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) taqdim qilinadi. Bu tartib III  guruh urush nogironlari va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Shuningdek, 1-guruh urush nogironlarini kuzatib borayotgan shaxslarga (bittadan ortiq bo'lmagan) yiliga bir marta chipta to'liq qiymatidan 50% chegirma beriladi. Kuzatuvchiga talonlar o'rniga bepul chipta berilmaydi. Yo'lovchi bilan birga borgan 5 yoshgacha bo'lgan bolalardan biri yo'l haqi to'lamaydi, qolganlari esa tarif qiymatidan 50% chegirma bilan alohida joy bilan tashiladi. 5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar ham tarif qiymatidan 50% chegirmaga egadir.
Nukus shahar adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
katta mutaxassisi
Temirxanova Mehrixan