Янгиликлар
10
YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi.
YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–157-son Farmoni 2025-yil 8-sentyabr kuni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) jismoniy shaxslarning belgilangan shaxsga doir ma’lumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda:
- jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir ma’lumotlari ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi;
-ushbu ma’lumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda ko‘rsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur ma’lumotlarning qog‘oz shaklini talab qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan
-davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensioner, homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish bo‘yicha imtiyoz beriladi;
- jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) ro‘yxatdan o‘tkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibi yo‘lga qo‘yiladi;
- davlat xizmatlari markazlariga Yagona portal orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlari bo‘yicha aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi.
Nukus shahri adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Sh.Mambetsapayev