Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya koʻmagi bilan 53 yoshli fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ldi


Adliya koʻmagi bilan 53 yoshli fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yana bir insonning hayotida ijobiy o‘zgarish ro‘y berdi.
Fuqaro G.Aymaxova 1972-yil 21-yanvar kuni Nukus shahrida tug‘ilgan va shu kunga qadar faqatgina sobiq ittifoq davridagi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan yashab kelgan. Achinarlisi, u hech qayerda ishlamagan, hattoki oilaviy poliklinika ro‘yxatga olinmaganligi sababli tibbiy ko‘rikdan ham o‘ta olmagan. Bugungi kunga kelib esa sog‘lig‘i tufayli zudlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi zarur bo‘lib qoldi.
Muammo shunda ediki, G.Aymaxovaning qo‘lidagi hujjatlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish va zarur yordamni olish uchun yetarli emas edi. Shu sababli, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Adliya vazirligi xodimlari G.Aymaxovaning murojaatini zudlik bilan ko‘rib chiqdilar va unga amaliy yordam ko‘rsatishga kirishdilar. Qisqa muddat ichida fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi qayta rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, murojaat egasiga 53 yoshida shaxsini tasdiqlovchi ID-karta olishda ham yordam ko‘rsatildi.
Endilikda G.Aymaxova shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va zarur tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy xizmatlardan foydalanib, qonun doirasida nafaqa tayinlanishiga ham erishildi.

Elena Sabirova
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
sho’ba bosh maslahatchisi