Янгиликлар
04
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs — bu yollanma ishchi bo‘lmagan, o‘z mehnati bilan mustaqil ravishda daromad topayotgan shaxs hisoblanadi. Masalan, tikuvchi, sartarosh, duradgor, usta, tarjimon, onlayn xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa ko‘plab kasb egalari shular jumlasiga kiradi.
Bunday faoliyatni qonuniy yuritish uchun shaxs o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Bu juda oddiy va bepul amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Soliq ilovasi orqali yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshiriladi. Unda arizachi faqat o‘z faoliyati turini tanlaydi va JSHSHIR (identifikatsiya raqami) asosida tizimga kiritiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan shaxs yilda bir marta ijtimoiy soliq to‘laydi. Hozirgi vaqtda bu to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari etib belgilangan.
Bu to‘lov evaziga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs:
• Mehnat stajiga ega bo‘ladi;
• Rasmiy faoliyat yuritgani boys ayrim turdagi kreditlar olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi;
O‘zini o‘zi band qilish — bu nafaqat daromad topishning qonuniy yo‘li, balki yaratilgan qulayliklardan foydalanib, fuqarolar o‘z ishini boshlashlari va uni qonuniy asosda yuritishlari mumkin. Bu nafaqat shaxsiy manfaatlar, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim hisoblanadi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Sh.Xodjaniyazov