Янгиликлар
04
Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o'qituvchilari va yo'riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish osonlashdi.
Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o'qituvchilari va yo'riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish osonlashdi.
2026-yil 1-yanvardan Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish proaktiv tarzda amalga oshiriladi.
⚙️ Bu qanday ishlaydi?
1.Sport tashkilotlari hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilar haqidagi ma’lumotlarni “ERP sport” elektron tizimiga doimiy kiritib boradi.
2.Ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng, 1 ish kuni ichida “ERP sport” tizimi orqali trener-o‘qituvchi va yo‘riqchi-uslubchilarning ko‘rsatkichlari baholanadi va malaka toifasi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
3.Bu haqida trener-o‘qituvchi va yo‘riqchi-uslubchilarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, "ERP sport" tizimidagi shaxsiy kabinet orqali malaka toifasi guvohnomasini elektron shaklda yuklab olinadi.
Ellikqal’a tumani Adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi O.Erimbetov