Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2024-2025-yil I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga

2024-2025-yil I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning

TAHLILI

      Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil I yarim yilligida 3341 ta, 2025-yil I yarim yilligida 2113 ta (-1228), murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan -36,76% kamaygan.

     2024-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 1943 tasi qanoatlantirilgan, 944 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 32 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 306 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

    2025-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 941 tasi (-1002) qanoatlantirilgan, 775 ta   (-169) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 37 ta (+5) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 250 ta (-56) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2025-yil I yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 257 ta (2024-yil
I yarim yilligida 395 ta
)
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan. Shundan, 99 tasi qanoatlantirildi, 136 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.

Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot

(2024-yil va 2025-yil )

Jami kelib tushgan murojaatlar soni

Qanoatlantirilgan murojaatlar soni

Tushuntirish berilgan soni

Ko‘rmasdan qoldirilgan

2024-yil I yarim

yillik

2025-yil I yarim

yillik

2024-yil I yarim

yillik

2025-yil I yarim

yillik

2024-yil I yarim

yillik

2025-yil I yarim

yillik

2024-yil I yarim

yillik

2025-yil I yarim

yillik

395

395

124

99

224

136

20

4

Vazirlik tomonidan 2024-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning

         253 tasi, 2025-yil I yarim yilligida 52 tasi (- 201) bevosita joyiga chiqilib, hal qilindi.

     Vazirlik Ishonch telefoni” orqali 2024-yil I yarim yilligida 125 ta,
2025- yil I yarim yilligida 292ta (+167) murojaatlar kelib tushgan.

Vazirlik va tuman (shahar) adliya bo’limlarining shaxsiy va sayyor qabullarida 2024-yilda I yarim yilligida 2272 ta, 2025yil I yarim yilligida 917 ta
(-1355)
jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

             Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2024-yil I yarim yilligida

1568 ta arizalar, 1713 ta shikoyatlar, 2025-yil
I yarim yilligi
davomida 1438 ta arizalar (-130), 675 ta (-1038) shikoyatlar kelib tushgan.

     Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda 2024-yil I yarim yilligi mehnat nizolari 768 ta, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq 173 ta, davlat xizmatlarini kórsatish sohasida 66 ta, yuridik xizmatga   doir qonun    hujjatlari    yuzasidan    24 ta, uy-joyga doir 56 ta, ta’lim sohasida 37 ta masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa, 2025-yil I yarim yilligi davomida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari 242 ta (-526), davlat xizmatlarini kórsatish sohasida 66 ta (-1), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq 29 ta (-144), ta’lim sohasida 13 (-24)ta, uy-joyga doir 11 ta (-45), notariat advokaturaga oid qonun hujjatlari yuzasidana 9 ta, yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 8 ta (-16), tashkil etmoqda.

     2025-yil I yarim yilligi davomida 2024-yil I yarim yilligia nisbatan quyidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni kamayganligi ko‘rsatmoqda.

     Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2024-yil I yarim yilligi 242 ta taqdimnomalar, 586 ta   da’vo arizalari, da’vo summasi 5 050 231,94 so‘m kiritilgan.

     Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 64 ta takliflar (shundan 29 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) tegishli davlat organlariga kiritilgan.

     2025-yil I yarim yilligi davomida 110 ta (-132) taqdimnomalar, 208ta

(-378) da’vo arizalari, da’vo summasi 3 259 510,054 so‘m (-1 790 721,9) kiritilgan. Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 31 ta (-33) ma’muriy takliflar (shundan 19 tasi (-10) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va Jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan berilgan takliflar 5 tasi (+5) tegishli davlat organlariga kiritilgan.

     Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2024-yil I yarim yilligi davomida 24 ta (-30) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 58 ta (-7) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 284 ta (+201) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 12 332 729,8so‘m (+9 131 304,2 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.

     2025-yil I yarim yilligi davomida 2 ta (-22) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 26 ta (-32) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 45 ta (-239) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan), 1 ta mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 3 470 426,719 so‘m (-8 862 303,081 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.

     Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2024-yil I yarim yilligida eng ko‘p murojaatlar Shumanay (190 ta) Nukus shahri (184 ta), Kegeyli (174 ta), Nukus (173 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Taxtako’pir (41 ta), Mo’ynoq (82 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.

     2025-yil I yarim yilligi davomida eng ko‘p murojaatlar Chimboy (117 ta) Xo’jayli (97 ta), Kegeyli (90 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Mo’ynoq (14 ta), Qorao’zak (21 ta) va Bo’zatov (28) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.

     2025-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Nukus (91,7%) tumani, Qo'nǵirot (91,2%), Qonliko'l (85,9%) tumani adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Mo’ynoq (21,4%), Qarao’zak (28,6%), Amudaryo (29,2%) tumanlarida kuzatildi.

     Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.

     Tahlil natijalariga ko‘ra, mеhnat nizolari masalasida kеlib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini undirish bayon qilingan.

     Ijtimoiy sohada kеlib tushgan murojaatlarda asosan pеnsiyaga chiqishpеnsiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pеnsiyani hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash holatlari shuningdеk, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.

     Uy-joyga va yеrga doir sohada kеlib tushgan murojaatlarda esa, fuqarolar o‘rtasidagi o‘zora еrga va uy-joyga oid da’volar haqida bayon qilingan.