Янгиликлар
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2023-2024-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga
2023-2024-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan
kelib tushgan murojaatlarning
TAHLILI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 12 oyida 6065 ta, 2024-yilda 12971 ta (+6906)murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 53,2 % oshgan.
2023-yilda kelib tushgan murojaatlarning 3548 tasi qanoatlantirilgan, 2009 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 82 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 3 ta murojaatlar rad etilgan, 398 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
2024-yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 7686 tasi (+4138) qanoatlantirilgan, 3504 tasiga (+1495) huquqiy tushuntirishlar berilgan, 106 ta (+24) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ta (-2) murojaatlar rad etilgan, 651 ta (+253) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 744 ta (2023-yilda 926 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan. Shundan, 278 tasi qanoatlantirildi,
410 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 44 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.
Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2023-yil va 2024-yil )
Jami kelib tushgan murojaatlar soni |
Qanoatlantirilgan murojaatlar soni |
Tushuntirish berilgan soni |
Ko‘rmasdan qoldirilgan |
||||
2023-yil
|
2024-yil
|
2023-yil |
2024-yil
|
2023-yil
|
2024-yil
|
2023-yil
|
2024-yil
|
926 |
744 |
460 |
278 |
435 |
410 |
31 |
44 |
Vazirlik tomonidan 2023-yilda kelib tushgan murojaatlarning 498 tasi,
2024-yil davomida 415 tasi (- 83) bevosita joyiga chiqilib, hal qilindi.
Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2023-yilda 92 ta, 2024-yilda 309 ta (+217) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik v a tuman (shahar) adliya bo’limlarining shaxsiy va sayyor qabullarida 2023-yilda 3933 ta, 2024-yilda 9107 ta (+5174) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2023-yilda 2886 ta arizalar, 3170 ta shikoyatlar
va 3 takliflar, 2024-yil davomida 7589 ta arizalar (+4703), 5201 ta (+2031) shikoyatlar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda 2023-yilda mehnat nizolari (1094 ta), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (328 ta), yerga doir (50 ta), uy-joy (163 ta), ta’limga doir (94 ta) masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa, 2024-yil davomida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari (1508 ta, +414), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (387 ta, +59), yerga doir (73ta, +23), uy-joy (181 ta, +18), ta’limga doir (97 ta, +3) tashkil etmoqda.
2024-yil davomida 2023-yilga nisbatan qo‘yidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.
Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2023-yilda 422 ta taqdimnomalar, 1104 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 6 980 888 380 so‘m kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 155 ta takliflar (shundan 86 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 52 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2024-yil davomida 394 ta (-28) taqdimnomalar, 992 ta (-112) da’vo
arizalari, da’vo summasi 8 710 677 360 so‘m (+1 729 788 976) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 116 ta (-29) ma’muriy takliflar (shundan 48 tasi (-38) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 1 ta (-51) jinoiy takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2023-yilda 98 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
3 ta shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 144 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 382 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan)
hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 6 806 723 836 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
2024-yil davomida 58 ta (-40) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 117 ta (-27) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 595 ta (+213) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 23 359 953 077 so‘m (+ 16 553 229 241 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.
Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2023-yilda eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (493 ta), Chimboy (397 ta), Amudaryo (372 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Ellikqal’a (134 ta), Kegeyli (141 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.
2024-yil davomida eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (1107 ta), Shumanay (1096 ta), Qorao’zak (920 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Taxtako’pir (303 ta), Qo’ng’irot (399 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2024-yilda kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Kegeyli (93,8%) tumani, Shumanay (93,5%), Qonliko’l (80,9%) tumani adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Ellikqal`a (33%), Xo’jayli (35%) tumanlarida kuzatildi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mеhnat nizolari masalasida kеlib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini undirish bayon qilingan.
Ijtimoiy sohada kеlib tushgan murojaatlarda asosan pеnsiyaga chiqish pеnsiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pеnsiyani hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash holatlari shuningdеk, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.
Uy-joyga va yеrga doir sohada kеlib tushgan murojaatlarda esa, fuqarolar o‘rtasidagi o‘zora еrga va uy-joyga oid da’volar haqida bayon qilingan.