Янгиликлар
27
Oʻzbekiston rivojida energetika sohasining dolzarbligi
Oʻzbekiston rivojida energetika sohasining dolzarbligi
Soʻngi yillarda davlatimizda energetika sohasiga katta e’tibor qaratilib, sohaning har bir yoʻnalishida yangilanishlar va innovatsiyon yechimlar hayotga tatbiq etib kelinmoqda.
Mavjud ma’lumotlar tahliliga koʻra ohirgi ikki yil (2024-2025) davomida sohaga oid 25 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlib, shundan, 2 ta Qonun, 8 ta Prezident hujjatlari, 12 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlariga toʻgʻri kelmoqda. Tartibga solishi rejalashtirilgan yoʻnalishlar energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish, elektr energiyasini xarid qilishni tartibga solish, sohadagi loyihalarni jadallashtirish kabilarni oʻz ichiga oladi.
Qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ichida, albatta, 2024-yil qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni alohida oʻrin egallaydi. Mazkur Qonun doirasida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish boʻlib, uning maqsadi yuqoridagilar bilan chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Qonunda sohaga oid bir qator yangiliklar, shu jumladan, energetik menejment, birlamchi va ikkilamchi energiya resurslari, energiya auditi kabi tushunchalarni oʻz ichiga olgan.
Xususan, Qonunning 13-moddasiga asosan energetika menejmenti yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamaytirish va maqbullashtirish, iste’molchilar uchun zarur miqdordagi yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish, tashish va ulardan foydalanish jarayonlarini doimiy boshqarish tizimidir. Mazkur sohadagi maxsus vakolatli organ esa Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi etib belgilangan boʻlib, vazirlikka:
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qilish;
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish tadbirlarining rejalari bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish; va boshqa vakolatlar berilgan.
Sohaga oid yana bir qonunchilik hujjati 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori hisoblanadi.
Undagi maqsadlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) iste’molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qo‘shimcha 74 mingdan ortiq obyektda jami quvvati 785 MVt bo‘lgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejash;
2) budjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejash; va boshqalar.
Shu kabi qonunchilikdagi yangiliklar sohaning naqadar muhimligi va undagi masalalarning dolzarbligini koʻrsatmoqda. Darhaqiqat, bejizga 2025-yil davlatimiz rahbari tomonidan "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili deb taklif etilmagan. Yashil iqtisodiyot - bu atrof-muhit uchun tahdidlarni minimallashtirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ifloslanishni kamaytirish bilan birga odamlar farovonligini oshirish va ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modelidir.
Shunday qilib, energetika va yashil iqtisodiyot sohasidagi yangiliklar va qonunchilikni takomillashtirish barqaror rivojlanishni ta’minlash va ekologik yukni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Qonunchilikni takomillashtirish qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya tejovchi yechimlar kabi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, "yashil" iqtisodiyotga investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun qulay me’yoriy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Amir Kdirbaev
Taxiatosh tumani adliya boʻlimi boshligʻi