Янгиликлар
27
Talabalar turar joyiga joylashtirish tartibini bilasizmi?
Talabalar turar joyiga joylashtirish tartibini bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirishning yangi tartibi joriy etildi. Ushbu qarorda talabalar turar joy bilan ta’minlanish jarayonini shaffof, adolatli va qulay mexanizm asosida tashkil etishga qaratilgan bo’lib. Talabalar turar joyiga joylashtirish 2 usulda yani Davlat xizmatlari markazlari orqali shaxsan kelgan honda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP – my.gov.uz) orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Arizalar har yili 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Talabalarning murojaatlari maxsus axborot tizimida ro‘yxatga olinib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa — elektron yo‘llanma shakllantiriladi, o‘rin yetarli bo‘lmaganda esa talabalar navbat asosida joylashtiriladi.
Quyidagi toifadagi talabalar uchun turar joyga joylashtirishda ustuvorlik huquqiga ega:
- “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
- Xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar;
- Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar;
- Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan fan olimpiadalari g‘oliblari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlari respublika bosqichi g‘oliblari;
-Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi va qavat sardorlari.
Mazkur qarori talabalarni turar joy bilan ta’minlash jarayonida qulaylik yaratish, raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda faol talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Allabergenov Jo’rabek Azimbayevich