Янгиликлар
27
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi
Ta’kidlash joyizki, yurtimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obro‘sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab bo‘ladi va o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi.
Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korruptsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir.
Аksariyat hollarda korruptsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.
Аmmo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga maʼlum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan maʼnoni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik entsiklopediya mualliflarining taʼkidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi.
Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, davlatning nazorat funktsiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korruptsiya shuncha avj olaveradi.
Shu maʼnoda, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilishning ahamiyati beqiyosdir.
Chunki, jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat hokimiyati organlariga muayyan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha murojaat etish, davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha so‘rovlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati organlari va mahallalar hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish kabi shakllarda yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini bermoqda.
Bugungi kunda davlat Dasturlari talablarining fuqarolar yig‘ini hududidagi ijrosini taʼminlashda jamoatchilik guruhlarini tuzish va o‘rganish, natijalari bo‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish va shu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, mahalliy davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish tadbirlari samarali olib borilmoqda.
Shu yo‘nalishda,O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi va uning quyi tizimlarida bugungi kunda korruptsiyaga qarshi samarali kurashish borasida, davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarning to‘la-to‘kis ijrosini taʼminlash maqsadida, jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda aholining keng qatlami orasida huquqiy targ‘ibot-tushuntirish ishlari o‘tkazayapti.
Xulosa o‘rnida aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va barcha fuqarolarimiz faol ishtirok etishlari zarur,shundagina jamiyatning barcha bo‘g‘inidagi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi harakatlari bilan, korrupsiyaga qarshi samarali natijalarga erishish mumkin.
Bekpulat Аvazmetov,
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i, 2-darajali adliya maslahatchisi